Toshkent viloyatida kelgusi yetti yilda 40 mingta xonadonga ega ijtimoiy uylar qurilishi aytildi

Saqlash
01:55 / 08.07.2023 2263 0

O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati saylovchilari bilan uchrashuv chog‘ida qurilish sohasini rivojlantirishga oid rejalar haqida to‘xtaldi.

 

“Kelgusi yetti yilda mamlakat bo‘yicha 1 million xonadonli uy-joylar qurish bo‘yicha katta marralarni belgilab olganmiz. Bunda, “Yangi O‘zbekiston” massivlari soni 100 taga yetkazilib, qo‘shimcha 200 mingta oilaga mo‘ljallangan uylar barpo etiladi. Bunga qo‘shimcha ravishda 700 mingta xususiy uy-joylar barpo etiladi”, – dedi nomzod.

 

Nomzod “Mening birinchi uyim” dasturi bo‘yicha ilk katta loyiha qurilishini nega aynan Toshkent viloyatidan boshlanishi haqida gapirdi.

 

“Sababi, hozirning o‘zida viloyatdagi 24 ming oilada uy-joyga talab bor. Bundan tashqari, har yili yana 25 mingta yangi oila paydo bo‘lmoqda. Kelgusi yetti yilda “Mening birinchi uyim” dasturi doirasida Toshkent viloyatida jami 40 mingta xonadonga ega ijtimoiy uylar quriladi.

 

Umuman, kelgusi yildan boshlab, boshqa viloyatlarda ham kamida 100 ming oilaga mo‘ljallangan xuddi shunday ijtimoiy uylar barpo etiladi”, – dedi nomzod.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//