Siyosat
Shavkat Mirziyoyev 5-iyul kuni toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuvda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish ishlari oxirigacha yetkazilishi kerakligini aytdi.
“Mana, keyingi paytda oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish boʻyicha katta ishlarni amalga oshiryapmiz.
Ayni paytda oldimizda yangi, yanada muhim vazifalar turibdi. Jumladan, ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish boʻyicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur”, – deydi prezidentlikka nomzod.
Eslatib oʻtamiz, 2021-yil noyabrda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida oʻzbek tilshunos olimlarining lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini isloh qilish boʻyicha yakuniy va hal qiluvchi yigʻilishi boʻlib oʻtgan edi.
Unda mutaxassislar qator muammolarni keltirib chiqarayotgani sabab alifbodagi oʻ, gʻ, sh, ch, ng harflarini bitta belgi bilan ifodalash kerak degan qarorga kelgan va shu qaror asosidagi hujjat loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan boʻlgandi. Lekin bu taklif borasidagi keyingi amaliy qadamlar tashlanmadi.
Shuningdek, oʻsha yili Vazirlar Mahkamasi lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlangan edi.
Unda belgilangan qator vazifalar, xususan tegishli normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish topshirigʻi ijrosi yuzasidan ham ayni paytgacha maʼlumot berilmagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q