Jamiyat
“Oʻzgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo boʻlishi haqida maʼlumot berdi.
Unga koʻra, bugun, juma kuni Oʻzbekiston boʻyicha ushbu haftaning boshida respublika hududlarida kuzatilgan nisbatan salqin ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati +31...+36 daraja atrofida, janubda +40 darajagacha boʻldi.
Kunning ikkinchi yarmida markaziy va sharqiy viloyatlar boʻyicha baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Shanba va yakshanba kunlari respublika boʻyicha havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati koʻtarila boshlaydi, ammo hududlarning katta qismida iyul oyi uchun +33...+38 daraja boʻlgan qiymatlar saqlanib turadi, faqat eng chekka janubda +39...+41 daraja atrofida boʻladi.
Ayrim togʻoldi va togʻli hududlarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Poytaxtda bugun, 7-iyul kuni havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayadi. Harorat +31...+33 daraja boʻladi.
Shanba va yakshanba kunlari havo asosan biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat +34...+37 daraja boʻladi.
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
111039
Jamiyat
94511
Jamiyat
90451
Jamiyat
74511
Jamiyat
//
Izoh yo‘q