Jamiyat
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyot universitetida 6 yil davomida oʻzbek tilini oʻrganib, ilmiy izlanish olib borgan xitoylik tadqiqotchi Da Zhenxin “Oʻzbekcha va xitoycha maqollarning lingvistik tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiyasini oʻzbek tilida himoya qildi.
Da Zhenxin ilmiy ishini yozish jarayonida oʻzbekcha-xitoycha lugʻat tayyorladi. Bu lugʻatdan 3 mln.dan ortiq soʻz va soʻz birikmasi, shundan 3754 ta maqol joy olgan.
Lugʻat oʻzbek tilini oʻrganmoqchi boʻlgan xitoylik va xitoy tilini oʻrganmoqchi boʻlganlar, tarjimonlar uchun juda katta manba sifatida eʼtirof etildi.
U sentyabr oyidan boshlab, Xitoyning mashhur Shanxay chet tillari universitetida talabalarga oʻzbek tilidan dars beradi, oʻzbek tilining, oʻzbek madaniyati va adabiyotining Xitoydagi faol targʻibotchisi va vakili boʻladi.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112437
Jamiyat
95099
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q