Jamiyat
23-oktabr kuni Toshkent shahridagi “Xalqlar doʻstligi” saroyida boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan rossiyalik xonanda Grigoriy Lepsning konserti qoldirildi.
Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi xabariga koʻra, konsert dasturi “ayrim texnik sabablarga koʻra” qoldirilgan. Sotilgan chiptalarning puli qaytariladi.
Afisha.uzʼning yozishicha, xarid qilingan chiptalarni saroy yoki iTicket.uz kassalarida qaytarib olish mumkin. Bundan tashqari, hozirda iTicket.uz saytida Grigoriy Leps konserti uchun chiptalar sotish boshlangani haqidagi eʼlon oʻchirilgan.
Qayd etish kerak, bungacha Qirgʻizistonda ham Grigoriy Leps konserti bekor qilingandi. Sababi rus xonandasi Rossiyaning Ukrainadagi bosqinini doimiy qoʻllab kelgan va urushni moliyalashtirishni ham boshlagan. Ijtimoiy tarmoq faollari shu tufayli uning mamlakatda konsert berishiga keskin qarshilik koʻrsatib kelayotgandi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentdagi Yangi Oʻzbekiston bogʻida boʻlishi rejalashtirilgan “Jara” festivali ham bekor qilingandi. Bu konsert Toshkentdan tashqari Boku va Olmaota shaharlarida ham bekor boʻlgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q