Jamiyat
Buxorodagi bank xodimi odamlarning plastik kartalaridan pullarini oʻgʻirlab olgani aniqlandi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida yashovchi fuqaro IIBga oʻzining plastik kartasidan pullar oʻgʻirlangani haqida murojaat qilgan. Shu murojaatga asosan oʻtkazilgan tezkor-tadbirda pullarni oʻgʻirlagan shaxs bank xodimi ekani aniqlangan.
Gʻijduvon tumanidagi bank filiali sayyor kassasining 2002-yilda tugʻilgan kassiriga nisbatan JKning 169-moddasi (oʻgʻrilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov davomida bank xodimi 2022-yil noyabr oyidan 2023-yil 29-may kuniga qadar fuqarolarning pensiya toʻlovlari, moddiy yordam va 2 yoshgacha nafaqa pullarini olish uchun ochilgan 41 ta plastik kartalaridan jami 21,9 mln soʻm pullarni oʻzlashtirib, oʻzining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.
Hozirda oʻgʻirlangan mablagʻlarning barchasi qoplanib, holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112437
Jamiyat
95099
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q