Siyosat
Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi inspektorlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va koʻchatlar yaxshi parvarish qilinmagan holatlarni aniqladi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yil kuz va 2023-yil bahor mavsumi davomida Uchquduq tumanida 6 nafar, Karmana, Xatirchi, Konimex tumanlarida 5 nafardan, Qiziltepa tumanida 4 nafar, Navoiy va Zarafshon shaharlarida 3 nafardan, Nurota va Navbahor tumanlarida 2 nafardan hamda Tomdi tumanida 1 nafar masʼul shaxs hududlarda ekilgan daraxt koʻchatlari parvarishiga eʼtibor qilmagan va sugʻormagan.
Holatlar yuzasidan hududlardagi 36 nafar masʼul shaxsga nisbatan MJtKning 79-moddasi 3-qismi (Daraxtlarni, butalarni, boshqa oʻsimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish) bilan maʼmuriy bayonnoma tuzildi. Ularga nisbatan jami 118 mln 500 ming soʻm miqdorda jarima belgilandi.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112437
Jamiyat
95099
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q