O‘zbekistonda 5-iyul kuni qanday ob-havo bo‘ladi?

Saqlash
02:29 / 05.07.2023 1477 0

“O‘zgidromet” 5-iyul, chorshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 33-35 daraja bo‘ladi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 31-36 daraja bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//