Jamiyat
“Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan, yaʼni joriy yilgi qabuldan boshlab:
akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;
kollej va texnikumlarning taʼlim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari 2 baravarga oshiriladi;
abituriyentlarga “davlat granti” yoki “taʼlim yoʻnalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
2024/2025 oʻquv yilidan:
OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;
umumtaʼlim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.
Bundan tashqari, taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi bekor qilinib, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:
Vazirlik tomonidan tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 1 000 talikka kirgan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.
Oliy taʼlim tashkilotlarining reytingi taʼlim tashkilotining faoliyati va taʼlim jarayoniga aralashmagan holda maʼlumotlarni axborot tizimi orqali olish yoʻli bilan yuritiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Sabrinabonu
21:07 / 04.07.2023
IIV akademiyasi va tergov akademiyasiga topshirishdagi yozma imtihon ham bekor bo‘ladimi?