Jamiyat
Namangan viloyatidagi Yangi Axsi arxeologik yodgorlik majmuasidan noyob tangalar topildi.
Viloyat hokimligi axborot xizmatiga koʻra, ushbu topilmalar 1200−1500 yillik tarixga ega va yaxshi saqlangan. Ular ichida 475−600-yillarga mansub Baqtriya kumush tangalari mavjudligi jamoatchilikda qiziqish uygʻotgan.
Oʻrta Osiyoda birinchi kumushdan yasalgan tangalar miloddan avvalgi III asrda chiqarilgan. Uning yuza qismi − aversiga podshoning surati, orqa tomoni − reversiga esa har xil xudolar, muqaddas hayvonlar tasviri solingan yoki podsholarning nomi yozilib, tamgʻasi tushirilgan.
IX asrga oidligi aytilayotgan Qoraxoniylar hukmronligi davridagi kumush tangalar ham arab yozuvidagi bejirim xatga ega. Yana bir tanga mutaxassislar eʼtiborini tortgan. Uning aversida arab yozuvi, reversida xitoy iyerogliflari mavjud.
“Ayni paytda olimlar tangalarning tasvirlari, yozuvlari, ogʻirligi, qanday metalldan yasalgani, pul muomalasidagi darajasi va tanga zarb qilinish tarixini oʻrganmoqda”, − deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q