Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 4-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 34-36 daraja issiq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish sekundiga 20-22 metrgacha tezlashishi, ayrim tumanlarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 20-25, kunduzi 35-40 daraja issiq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, kechqurun qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq boʻladi.
Respublikamizning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13-18, kunduzi 24-29 daraja iliq boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q