Jamiyat
Statistika agentligi Oʻzbekistonda 84,8 foiz uy xoʻjaliklari hovlida yashashini maʼlum qildi.
Agentlik respublikadagi uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlarini taqdim etdi. Unga koʻra, 2022-yilda mamlakatda uy xoʻjaliklarining 84,8 foizi alohida uyda (xususiy hovli) yashashi aniqlangan. Qolgan 14,4 foiz uy xoʻjaliklari koʻp qavatli uylarda, 0,8 foizi esa boshqa turdagi uy-joylarda istiqomat qiladi.
2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikada koʻp qavatli uylardagi xonadonlar soni 1 million 464 ming 500 tani tashkil etadi. Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 62,1 mingtaga oshgan. Hududlar boʻyicha koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar soni boʻyicha Toshkent shahri yetakchi — 527,9 mingta. Keyingi oʻrinlarda Toshkent (164 mingta) va Fargʻona viloyatlari (125,3 mingta) bormoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q