Madaniyat
Kecha, 24-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonning "Alisher Navoiy" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shuhrat Orif olib bordi. Unda adabiyotshunos olimlar, yozuvchi-shoirlar, jamoatchilik vakillari va talaba yoshlar ishtirok etdi.
.jpg)
Jumladan, filologiya fanlari nomzodi Adhambek Alimbekov, Turkiyaning Anqara shahridagi Gʻoziy universiteti professori doktor Fotima Achik, O‘zbekiston xalq rassomi Alisher Mirzayev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Akrom Dehqonov, filologiya fanlari nomzodi, "Muharrir" nashriyoti bosh direktori Abdug‘afur Iskandar so‘zga chiqib, asarning badiiy qiymati, Isajon Sulton ijodi, Alisher Navoiy shaxsiyati haqda so‘zlab o‘tdilar.
Shundan so‘ng muallif romanning yaralish tarixi haqida gapirdi. Asarni yozish jarayonidagi qiyinchiliklar haqda so‘zlarkan, xayolan Hirotda yashagani, Navoiy obrazini yaratish uchun ko‘plab ilmiy risolalarni o‘rganganini ta’kidladi. Taqdimot so‘nggida kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Sport
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
112418
Jamiyat
95077
Jamiyat
91295
Jamiyat
75992
Jamiyat
//
Izoh yo‘q