Chotqol qoʻriqxonasida Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi fotoqopqonga tushib qoldi

Saqlash
20:47 / 27.06.2023 2831 0

Ekologiya vazirligi tasarrufidagi “Chotqol” davlat biosfera qoʻriqxonasidagi fotoqopqonga Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi muhrlandi.

 

Tyan-Shan qoʻngʻir ayigʻi Xalqaro Qizil kitob va Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Sutemizuvchilar sinfiga mansub boʻlib, dengiz sathidan 1500−3500 m balandliklarda uchraydi.

 

Ayiqning tanasi uzunligi 1,5−2,2 metr, vazni esa 300 kg gacha yetishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//