Jamiyat
26-iyun kuni Adliya vazirligida Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan har yili oʻtkazib kelinayotgan “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda vazirlik huzuridagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi “Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan eng yaxshi nashr” nominatsiyasi, “Oʻzarxiv” agentligi esa “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol respublika darajasidagi davlat organi” nominatsiyasi gʻolibi deb topilganligi eʼlon qilindi. Gʻoliblar maxsus diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar Adliya vazirligi gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan siyosatni huquqiy taʼminlash, xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi oʻrnini mustahkamlash borasida yuqori natijalar qayd etib kelayotganligi taʼkidlandi.
Jumladan, joriy yilning 11-aprel kuni qabul qilingan “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunning ishlab chiqilishida ham vazirlik tashabbus koʻrsatganligi bildirildi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q