Madaniyat
“Yoshlar oyligi” doirasida maʼrifiy tadbirlar tashkil etish maqsadida bir guruh “Maʼrifat” targʻibotchilari Andijon viloyatining Qoʻrgʻontepa tumanida boʻlishdi.
Tumanda mehmonlar tomonidan yoshlar uchun “Maʼrifat soati” tashkil etildi. Unda shoira Farogʻat Xudoyqulova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulbahor Erqulova hamda Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti direktor oʻrinbosari Munira Qahhorova ishtirok etdi.
Tadbirda Farogʻat Xudoyqulova yosh ijodkorlar soni oshib borayotgani xususida soʻz yuritdi. Uning fikricha, aynan qoʻrgʻontepalik yoshlarning ijodga ixlosi oʻzgacha.
“Bundan 8 yil avval aynan shu tumanga kelib bir qizaloq bilan tanishgandim. U hozir shu davrada va u kuni kecha Milliy universitetning Filologiya fakultetini tamomladi. Diplom ishi himoyasi oʻzim ishtirok etdim. Shu sababdan bilamanki bu tuman ijodkorlar diyori. Bunga shubha boʻlishi mumkinmas.
Zero, bugun davlatning ham ustoz ijodkorlarning ham yoshlardan umidi katta. Tan olish kerak bugun oʻzbek adabiyoti yangi qon kirib kelmoqda. Ular nazmda ham nasrda ham ustozlari bilan birgalikda ijod qilishmoqda. Bu esa bizni quvontiradi”, dedi u.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q