Madaniyat
Oʻzbekiston boʻylab “Yoshlar oyligi” doirasida maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan mazkur oylik munosabati bilan “Maʼrifat” targʻibotchilari Andijon viloyatida boʻlib turibdi.
Tashrif doirasida “Ziyolilar forumi” tashkil etildi. Unda “Maʼrifat” professor Narzulla Joʻrayev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulbahor Erqulova hamda Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti direktor oʻrinbosari Munira Qahhorova ishtirok etdi.
Tadbirda Munira Qahhorova tadqiqotchilarning asosiy qismini yoshlar tashkil etayotganini maʼlum qildi.
“Yoshligimizda olim yoki professor desa soqollari oʻsgan, moʻysafid odam koʻz oldimizda gavdalanardi. Hozir esa qarashlar ham oʻzgarmoqda. Balki men soha ichida yurganim uchundir, endi olim, professor desa ilmga chanqoq 35 yoshgacha boʻlgan yoshlarni nazarga tutishayotgandek tuyuladi.
Sababi aynan bizning institutda mustaqil izlanuvchilarning 75 foizi yoshlarni tashkil etmoqda. Chunki ilm qilishda ham avvalgidek byurokratik toʻsiqlar kamaygan. Endilikda yoshlar ham ilm qilyapti”, dedi u.
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q