Jamiyat
16-iyun kuni Samarqand tumani “Yangiariq” mahallasidagi “Vavilon” choʻmilish havzasining ochilish marosimi oʻtkazilgan. Unda “Kulba” mahallasida yashovchi fuqaro D.N. ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidasini qoʻpol ravishda buzib, 2000 ga yaqin fuqarolar ishtirokida tadbir uyushtirgan.
Tadbirda bir guruh raqqosa qizlarning yarim yalangʻoch holatdagi behayo oʻyinlari, jamoat joyida yurish-turish qoidalariga amal qilmaganligi aniqlangan.
Samarqand IIB matbuot xizmatining xabariga koʻra, holat yuzasidan tadbir tashkilotchisiga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun JIB Samarqand tuman sudiga yuborilgan.
Shuningdek, tadbirda behayo oʻyinlar koʻrsatgan raqqosalar teri-tanosil kasalliklari koʻrigidan oʻtkazilib, ulardan OITS va OIVga tekshirish uchun qon tahlillari olingan hamda tushuntirish ishlari olib borilgani qoʻshimcha qilingan.
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
110670
Jamiyat
94427
Jamiyat
90333
Jamiyat
74139
Jamiyat
//
Izoh yo‘q