Jamiyat
IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi.
Joriy yilning 6 iyul kuni M.M. O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida "Zebo" ismli shaxs "Telegram" messenjeri orqali davlat tomonidan bepul emlash uchun berilgan “Covid-19"ga qarshi vaksinasini sotayotganligi haqida e’lon berganligini hamda ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan, joriy yil 8 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahar, Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasida joylashgan "Gurman" kafesi ro‘parasida tezkor tadbir o‘tkazilib, tadbir jarayonida fuqaro A.Z. fuqaro M.Ya.ga 186 dona “Covid-19" “Yangi koronavirus recombinant vaksinasi” (CHO hujayrasi) ZF-UZ VAC2001ni har bir dozasini 150.000 so‘mdan jami 27.750.000 so‘mga sotishini kelishib, ushbu pullar hisobidan 1.400 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqt ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
O‘tkazilgan surishtiruv davrida, A.Z. ushbu vaksinalarni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan oilaviy poliklinikalardan birida katta hamshira bo‘lib ishlovchi B.S.dan olganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan A.Z. hamda B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186 prim 3-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q