Jamiyat
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida alkogol mahsulotlari sotiladigan doʻkonda yongʻin chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, voqea bugun, 20-iyun kuni Uzun tumani “Yangishahar” mahallasi Mustaqillik koʻchasida joylashgan oziq-ovqat doʻkonida yongʻin sodir boʻlgan. Soat 06:26 da viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Chaqiruvga koʻra, 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 06:31 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 06:33 da oʻrab olingan va soat 06:47 da oʻchirilgan.
Yongʻin oqibatida doʻkonning 12 kvadrat metr maydonida shift qismi yonib zararlangan.
Hech kim tan jarohati olmagani va halok boʻlmagani aytilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
111900
Jamiyat
94690
Jamiyat
90690
Jamiyat
75399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q