Jamiyat
Bugun, 20-iyun kuni tongda 14 yoshli qiz oʻz ehtiyotsizligi oqibatida yashash xonadonidagi chuqurligi 9 metr boʻlgan quduqqa tushib ketgan.
Bu haqda soat 07:15 da Toshkent viloyati Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga unga yordam zarurligi haqida tashvishli xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, zudlik bilan FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus qutqaruv anjomlari yordamida qizni quduq ichidan olib chiqqan va tez-tibbiy yordam xodimlariga topshirgan.
Shundan soʻng turli darajada tan jarohati olgan qizga malakali tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazilgan va hozirda shifokorlar nazoratida. Qizning umumiy ahvoli yaxshi.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112438
Jamiyat
95099
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q