“Zukko bolajon” yana bir viloyatga yetib bordi

Saqlash
22:16 / 16.06.2023 2451 0

Bugun Qashqadaryoda davom etayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida Qarshi shahridagi 16-sonli DMTTda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Maktabgacha taʼlim agentligi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati hamkorligida tayyorlangan “Zukko bolajon” kitob-albomi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

 

 

Tadbir “Zukko Bolajon!” fotokoʻrgazmasi hamda milliy qadriyatlar aks etgan koʻrgazmali namoyishlar bilan boshlandi.

 

Unda Maktabgacha taʼlim agentligi boʻlim boshligʻi Kamola Riskulova, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, xususan yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhitdinova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Mehmonali Salimov va Dilfuza Rahimova ishtirok etdi.

 

 

Soʻzga chiqqanlar, “Zukko bolajon” fotoalbomi ertamiz egalarining maʼnaviy kamol topishida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlab oʻtishdi.

 

“Zukko bolajon” fotoalbomi mamlakatimizdagi 17 nafar fan arboblari, adabiyot, sanʼat, madaniyat namoyandalari, olimlar, shoir-yozuvchilar va sportchilar tomonidan maʼnaviy-axloqiy tarbiyani rivojlantirishga hissa qoʻshadigan xulosalar asosida toʻldirilib, 100 dan ortiq lavhalar bilan boyitildi. Ushbu fotoalbom ilk bilim va tarbiya maskanlari – maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi bolalarda ijtimoiy motivlarni uygʻotish, badiiy-estetik didni shakllantirish, intellektni rivojlantirish, kundalik turmushdagi qoidalarini oʻrgatish, yaqinlarga gʻamxoʻrlik qilish, oʻz tuygʻularini boshqarish kabi fazilatlarni oʻrgatishga xizmat qiladi”, dedi Feruza Muhitdinova.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//