Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga uning 70 yoshlik yubileyi munosabati bilan tabrik yo‘lladi

Saqlash
20:41 / 15.06.2023 1101 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga uning 70 yoshlik yubileyi munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

 

“Sizning bevosita rahbarligingizda do‘st Xitoy xalqi so‘nggi yillarda ulkan yutuq va olamshumul muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. Aholini kambag‘allikdan chiqarish, qashshoqlikka barham berish, o‘rtacha farovon jamiyat qurish jarayonlarini yakuniga yetkazishga qaratilgan keng miqyosdagi islohotlar samarali amalga oshirilmoqda.

 

Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, Sizning shaxsan e’tiboringiz tufayli O‘zbekiston - Xitoy munosabatlari har tomonlama mustahkamlanib, sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilib bormoqda.

 

Yaqinda Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifim yakunlari hamda Sian shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammiti doirasidagi sermazmun muzokaralarimiz natijalari har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shishi shubhasiz”, - deyiladi, jumladan, davlatimiz rahbarining maktubida.

 

Prezidentimiz Si Szinpinni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etib, unga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, g‘oyatda mas’uliyatli va sharafli davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Xitoy xalqiga esa bardavom tinchlik-omonlik, fayzu baraka va farovonlik tiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//