Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanida joylashgan klinikada ishlaydigan homilador shifokor o‘z boshlig‘i tomonidan kaltaklanganidan so‘ng, ayolning qornidagi bolasi tushib qolgani aytilgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 14-iyun kuni taxminan soat 18.00 larda Chilonzor tumani 6-mavze hududida joylashgan klinika binosida, 1982-yilda tug‘ilgan K.A. va 1982-yilda tug‘ilgan U.X. o‘zaro ish faoliyati yuzasidan tortishib qolib, janjallashib ketishgan. Janjal natijasida fuqaro K.A. shifoxonaga murojaat qilgan.
“Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, deyiladi xabarda.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112438
Jamiyat
95099
Jamiyat
91321
Jamiyat
76015
Jamiyat
//
Izoh yo‘q