Jamiyat
Qoraqalpog‘istonda 27 yoshli uy bekasi o‘zini 4-qavatdan tashlab joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 12-iyun kuni soat 06:00 larda M.A. o‘zi yashab kelayotgan Nukus shahridagi ko‘p qavatli uyning 4-qavatidan qulab, jonsiz holda topilgan.
Nukus shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv davomida M.A.ning o‘lim sabablarini aniqlash yuzasidan zarur ekspertizalar tayinlangan.
Tekshirishda aniqlangan dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, marhuma M.A. fuqaro B.U. bilan 2017-yil yanvar oyida qonuniy turmush qurib, nikoh davrida 2018 va 2021-yillarda o‘g‘il va qiz farzandlarni dunyoga keltirgan.
2022-yil sentyabr oyida esa marhumaning 2 nafar egizak chaqaloqlari kasallikdan nobud bo‘lgan. Shundan so‘ng ayolning ruhiyatida o‘zgarish (jizzaki, odamovi bo‘lib qolgan) bo‘lgani sezilgan.
Marhumaning turmush o‘rtog‘i B.U. o‘sha kuni ertalab soat 05:40 larda uyqudan turganida turmush o‘rtog‘i M.A.ni uyda yo‘qligini bilib, tashqariga chiqqanida uyi oshxonasi derazasi ostida hushsiz holatda topib, tez yordam va yaqinlariga qo‘ng‘iroq qilib xabar bergan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q