Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrug‘i bilan Jumanazar Yavbasarovich Jumaniyazov Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
J.Jumaniyazov 1981-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan.
U ish faoliyatini 2004-yilda Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangibozor tuman bo‘limi surishtiruvchisi vazifasida boshlab, departamentning Toshkent shahar, Xorazm hamda Toshkent viloyatlari boshqarmalarida inspektor, katta inspektor va bo‘lim boshlig‘i lavozimlarda ishlagan.
So‘ngra, 2017-yilda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyat Ohangaron tuman bo‘limi boshlig‘i, Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
Mazkur tayinlovga qadar J.Jumaniyazov Byuroning Toshkent viloyat boshqarmasida shaxsiy xavfsizlik sho‘’basi katta inspektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
110005
Jamiyat
94297
Jamiyat
90154
Jamiyat
73444
Jamiyat
//
Izoh yo‘q