Jamiyat
Mudofaa vazirligi tarkibida davlat muassasasi shaklida Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi tashkil etiladi. Bu haqidagi qaror prezident tomonidan imzolandi.
Qabul va oʻquv jarayoni 2023/2024 oʻquv yilidan boshlanadi, oʻquv jarayoni davomiyligi ikki yil boʻlib, yillik qabul kvotasi 150 nafarni tashkil etadi.
Litseyning asosiy vazifalari:
oʻquvchilarda xalqimizning maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlariga, madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari insoniy fazilatlarni, shuningdek, milliy gʻurur tuygʻularini shakllantirish;
xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning qoldirgan bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yoʻlida oʻzini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida Oʻzbekiston xalqiga sodiq, qatʼiy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan oʻquvchilarni tarbiyalash va boshqalar.
Litsey oʻrta maxsus taʼlim muassasasi hisoblanib, Urganch shahrida joylashadi.
Ushbu litseyga ilmiy-metodik yordam koʻrsatish maqsadida Urganch davlat universiteti va Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik bilim yurti biriktiriladi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi oʻquv-metodik jihatdan koʻmaklashadi. Oʻquvchilarning kiyim-bosh namunalari va ularni kiyib yurish tartibini Mudofaa vazirligi belgilaydi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q