Madaniyat
Xabaringiz bor, O’zbekiston bo’ylab “Yoshlar oyligi” keng nishonlanmoqda. Mazkur oylik doirasida bir guruh “Ma’rifat” targ’ibotchilari Surxondaryo viloyatiga yetib kelishdi. Ular tomonidan viloyatda “Ma’rifat tur”, “Zukko Bolajon” hamda “Mehr va saxovat” kabi loyihalar amalga oshiriladi.
Xususan, Qiziriq tuman aholisi uchun "Ma’rifat soati" tashkil etildi. Unda jurnalist Xanifa Zokirova surxondaryolik yoshlarning ona tilini qadrlashiga e’tibor qaratdi.
“Yer yuzida hozirgi yashayotgan va qadimda yashab oʻtgan xalqlar tillarining umumiy soni turli manbalarda 2500 dan 5000 gacha deb koʻrsatiladi. Tasavvur qilish qanchalik qiyin bo’lsa-da, biz yashab turgan olamda shuncha til mavjud.
Shu sababli har bir xalq o’z tilini saqlab qolishga, boshqa tillardan ko’ra muhimroq ekanligini isbotlashga urinadi. Zero, ona tilini unutish millatga xiyonatdir. Til shu xalqning borligini tasdiqlab turuvchi omillardan biri.
Lekin tan olishimiz kerak bugun atrofimizda xorij tilida so’zlashuvchilar yoki o’z ona tilini butunlay unutganlar ham yo’q emas. Albatta, xorij tillarini o’rganish kerak. Axir til bilgan inson xor bo’lmaydi. Biroq buni ona tilini unutish evaziga amalga oshirmaslik zarur.
Meni quvontirgani Surxondaryoda bu kabi holatga ko’zim tushmadi. Yosh-u qari o’zbek tilida faxr bilan gaplashishyapti”, dedi Zokirova.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q