Ilm-fan
Prezidentning tegishli qaroriga (PQ-4865, 19.10.2020y) ko‘ra, 2021-yilda buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanishi belgilab qo‘yilgan hamda 2021-yil noyabr oyining birinchi o‘n kunligida Navoiy shahrida “Аlisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilishi ko‘zda tutilgan edi.
Shu maqsadda bugun Navoiy shahridagi “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi”da “Аlisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi IV anʼanaviy xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasining yalpi majlisi boshlandi.
Navoiy viloyati hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Navoiy davlat pedagogika instituti, Аlisher Navoiy xalqaro jamoat birlashmasi hamkorligida toʼrtinchi bor o‘tkazilayotgan konferensiyada 70 tadan ortiq dunyo olimlari qatnashmoqda. Jumladan, АQSh, Kanada, Аlbaniya, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozogʼiston, Eron, Mongoliya, Tojikiston, Tatariston kabi davlatlardan mehmonlar tashrif buyurgan.
Ishtirokchilar tomonidan sho‘balarga bo‘lingan holda Navoiy ijodiyotining maʼno, mavzu, diniy va tasavvufiy qatlamlari, chet ellarda o‘rganilishi, davlatchilik va rahbar maʼnaviyati haqidagi qarashlari, hozirgi o‘zbek tili, adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi atroflicha ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xalqaro anjuman ishi natijalari bo‘yicha tegishli ilmiy xulosalar qilinib, bir qator takliflar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q