Ilm-fan
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Hujjat bilan quyidagilarga taalluqli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
qo‘shimcha haqni ilmiy yoki ilmiy-pedagog xodimning asosiy lavozimi bo‘yicha egallab turgan stavkasiga mutanosib ravishda har oyda hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshiga nisbatan belgilash;
davlat ilmiy dasturlari loyihalarini ko‘rib chiqadigan ilmiy-texnik kengashlarda har bir a’zolik (ishtirok etganlik) uchun qo‘shimcha haq miqdorini lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha etib belgilash;
akademik, tashkiliy-boshqaruv va moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida kuzatuv kengashlarining qarorlariga muvofiq ilmiy darajaga ega xodimlarga budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha haq to‘lash imkoniyatini berish.
Hujjat 2023-yil 7-iyundan kuchga kirdi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q