Kitob oʻqigan bola telefon oʻyinlariga mukkasidan ketgan bolani boshqaradi – “Maʼrifat” targʻibotchisi

Saqlash
00:37 / 12.06.2023 1471 0

“Maʼrifat” targʻibotchilarining Navoiyga safari davom etmoqda. Ular “Yoshlar oyligi” doirasida viloyat boʻylab turli maʼrifiy tadbirlar tashkil etishmoqda.

 

Xususan, Gʻozgʻon shahrida joylashgan 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Maʼrifat soati” boʻlib oʻtdi. Unda tadqiqotchi Oygul Kajanova tadbir davomida yoshlarga tarixni unutmaslikni taʼkidladi.

 

“Yaxshi taʼlim olish uchun 3 narsa kerak. Bular yaxshi sharoit, yaxshi ustoz va yaxshi shogirddir.

 

Bizda sharoitlar yetarlicha. Deylik, qizlarimizga magistratura uchun berilgan imtiyoz yoki “Mard oʻgʻlon” va “Zulfiya” kabi mukofotlar ham taʼlim olishda yengilliklar hamda imkoniyatlar beradi.

 

Yaxshi ustozlar ham yoʻq emas, talaygina. Bilim olaman deb boradigan hech bir yoshni koʻksidan itarishmaydi, oldiga oladi. Biroq yaxshi shogirdlar-chi?! Afsuski aksariyat yoshlarimiz tarix, ona tili va adabiyot kabi fanlarni butunlay chetga surib qoʻyishmoqda. Tarixni unutish, milliy qadriyatlar, anʼanalar va sanʼatning unutilishiga sabab boʻladi. Balki shu bois ustoz-shogird anʼanalari ham sekin-astalik bilan yoʻqolib borayotgandir.

 

Muammoga yechim esa kitobxonlikka borib taqaladi. Misol uchun, har bir uy 50-100 ta kitobdan tashkil topgan kutubxona boʻlsa edi. Ularni mutolaa qilsak, millat tarixi unutilmaydi. Axir bir nafar kitob oʻqigan bola 10 nafar telefondagi turli oʻyinlarga mukkasidan ketgan bolani boshqaradi, boshqara oladi”, dedi u.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//