Madaniyat
Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi Oʻzbekiston — yoshlari birlashaylik” shiori ostida maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda. Shu maqsadda bir guruh “Maʼrifat” targʻibotchilari, ziyolilar, olimlar va sanʼatkorlar Navoiy viloyatiga yetib keldi.
Tashrif davomida Ijtimoiy- maʼnaviy tadqiqotlar instituti rahbari oʻrinbosari Munira Qahhorova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulbahor Erqulova, Oʻzbekiston xalq artisti Odina Narzullayeva hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boʻlim boshligʻi Farogʻat Xudoyqulovalar “Mehr-saxovat” loyihasi doirasida kam taʼminlangan oilalar xonadonlarida boʻldi.
Bahodir Temirov xonadonida boʻlgan iliq suhbat Oyina.uz muxbirining diqqatini tortdi. Otaxon 66 yoshda, bir necha yildan buyon ko'rish qobiliyati cheklangan.
“Koʻzim koʻrsaydi, sizlarni koʻra olsa edim, Navoiyni aylantirardim. Xayolimga kirmagan narsalar boʻldi, bugun.
Uyimga mehmon boʻlib kelganlarni televizorlarda yoki radioda ismlarini eshitganman. Bu ovozlar menga begona emas.
Butun umr haydovchilik qilib, dunyo kezgan odamman. Sanʼatni juda ham yaxshi koʻraman. Kayfiyatim juda ham koʻtarildi. Rosti poytaxtdan shunday insonlar uyimga kelishini, mehmon boʻlishini, men uchun ashula aytib berishini kutmagan edim”, dedi otaxon.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q