Siyosat
2024-yildan koʻzida nogironligi boʻlgan ming nafardan ortiq shaxslar sihatgohda bepul davolanadi.
Vazirlar Mahkamasining koʻrishda nogironligi boʻlgan shaxslarni bepul sogʻlomlashtirishga qaratilgan qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Unda aytilishicha, koʻrishda nuqsoni mavjud nogironligi boʻlgan shaxslarni Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyatiga qarashli “Yangiyoʻl” yurak-asab kasalliklari sihatgohida sogʻlomlashtirish yoʻllanmalari xarajatlarini davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplash koʻzda tutilmoqda.
Belgilanishicha, 2024-yildan boshlab yiliga 1 ming 200 nafargacha 1-guruh koʻrishda nuqsoni mavjud nogironni ularning yetaklovchisi bilan birga sihatgohda sogʻlomlashtirib boriladi. Ular 12 kunlik sogʻlomlashtirish kursidan tekin foydalanish huquqiga ega boʻladi.
Loyihaga koʻra, aynan bir dam oluvchiga mazkur qaror doirasida ikki yilda bir martadan koʻp yoʻllanma ajratilmaydi.
Muhokamalar 13-iyunga qadar davom etadi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112268
Jamiyat
94947
Jamiyat
91057
Jamiyat
75827
Jamiyat
//
Izoh yo‘q