Jamiyat
Joriy yil may oyining oxirlarida Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi 122-bogʻchada bolalarni uxlamagani uchun oyoqlariga igna sanchilgani haqida xabar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan, bugun, 8-iyun kuni jinoyat ishlari boʻyicha Yangihayot tuman sudining sayyor majlisida 34 yoshli S. E. (122-DMTT tarbiyachisi) va 20 yoshli M. R. (Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi Pedagogika kollejining 3-bosqich oʻquvchisi)ga oid maʼmuriy ish koʻrib chiqildi.
Sud ularni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 52-moddasi (yengil tan jarohati yetkazish) 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topib, har biriga BHMning 4 baravari miqdorida jarima jazosi tayinladi.
Shuningdek, sud tomonidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻiga sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik yuzasidan mehnat munosabatlaridan kelib chiqib, rasmiy munosabat bildirish va tegishli chora-tadbirlar belgilash hamda huquqbuzarlik sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 313-moddasi tartibida taqdimnoma ham chiqargan.
Bundan tashqari 122-DMTT mutasaddilariga roʻyxatdan oʻtmasdan turib, tarbiyalanuvchilarni qabul qilinganlik holati va ular uchun toʻlovlar amalga oshirilganligini tekshirib, qonuniy baho berish maqsadida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 278-moddasi tartibida Yangihayot tuman prokuroriga ham xabarnoma yuborilgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q