Madaniyat
30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan Respublikamizning barcha hududlarida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” boʻlib oʻtayotganidan xabaringiz bor. Ayni damda bir guruh maʼrifat targʻibotchilari Xorazm viloyati boʻylab maʼrifiy tadbirlar oʻtkazmoqda.
Kuni kecha Xiva shahridagi Ichan qalʼa muzeyida “Mening farzandim — Oʻzbekiston faxri” loyihasining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Loyiha doirasida viloyatdagi ilm-fan, madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari va kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida 10 nafar yoshlar va ularning ota-onalari taqdirlandi.
“Bolamning yutugʻi uchun meni taqdirlashlarini kutmagan edim. Aslida onalar kutmaydi ham. Axir ularning yutugʻi bizning ham yutugʻimiz. Berilgan eʼtibordan esa juda quvondik.
Farzandimni sportga yoʻnaltirganimda koʻpchilik “nima qilasiz? Undan koʻra hunar oʻrgating”, deyishgan edi. Bugun mehnatlarimiz, zahmatlarimiz samarasini koʻryapmiz. Ertaga bundan-da katta natijalarga erishadi bolam. Oʻshanda bugun bizni qoʻllab-quvvatlagan barcha yonimizda boʻlishini xohlaymiz.
Mashaqqatlarimiz ortda qoldi, qoladi. Bizga ishonch bildirganlar unutilmaydi”, dedi taqdirlangan onalardan biri.
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q