Jamiyat
Toshkent shahrining mahallalari uchun 211 milliard soʻm ajratiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 9 fevralda qabul qilgan “Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini jadal surʼatlarda hal etish hamda aholi farovonligini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Oʻzgartirishdan maqsad Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini rivojlantirish, maxallalarda bolalar va sport maydonchalarini qurish, mikroxiyobonlar tashkil etish, irrigatsiya tizimi va sugʻorish tarmoqlarini hamda koʻp qavatli uylarni taʼmirlash, shuningdek, mahallalarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirishdir.
Qarorning 1-bandida aytilishicha, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilangan:
– Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish;
– xavo harorati keskin sovib ketishi sabab talafot koʻrgan mahallalardagi ichki yoʻllar, piyodalar yoʻlaklari, muhandislik-kommunikatsiya obektlarini taʼmirlash;
– bolalar va sport maydonchalari qurish,
– mahallalar hududida mikroxiyobonlar tashkil etish;
– irrigatsiya ishlari va koʻp qavatli uylarning tom va fasad qismini taʼmirlash;
– aholi kayfiyatiga va shahs sifatiga ijobiy taʼsir qiluvchi obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.
Yuqorida sanab oʻtilgan ishlarni bajarish uchun hokimlikka 584 milliard soʻm miqdorda foizsiz kredit beriladi.
Qarorning 2-bandida Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2 hafta muddatda Toshkent shahar mahalliy byudjetiga Respublika byudjetidan 211 milliard soʻm oʻtkazib berishi taʼkidlangan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q