Bilimsiz insonlar tarixi va an’analarini qadrlamaydi – aktrisa Hakima Otaxonova

Saqlash
07:39 / 06.06.2023 1835 0

“Yangi O'zbekiston - yoshlari birlashaylik" shiori ostida "Yoshlar oyligi" Qoraqalpog'iston Respublikasida davom etmoqda. Oylik doirasida Qorao'zak tumanida "Ma'rifat soati" tashkil etildi. Tadbirni tuman hokimi Uzoqbergen Utambetov ochib berdi.

 

 

"Respublikada Qorao'zak yoshlarining alohida o'rni bor. Sababi yoshlarimiz katta-katta tanlovlarda g'olib bo'lib, yurtimiz nomini yuqorilarga ko'tarmoqda. Misol uchun, tumanimizda "Metallurgiya" zavodi ochildi. Shu sabab 100 nafar yoshga oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun imtiyoz berilgan. Hozircha 3 nafari Rossiyada tahsil olmoqda.

 

Bir so'z bilan aytganda tumanimiz yoshlari bilim olishga qiziqadi. Zero, kitobxon yoshlardan yomonlik chiqmaydi", dedi Utambetov.

 

Tadbirda mahoratli aktrisa tomonidan sahna asari namoyish etilgan bo'lsa, baxshi va qo'shiqchilar tomonidan qo'shiqlar kuylandi.

 

 

Shundan so'ng, targ'ibotchilar "Zakovat" intellektual o'yini hamda shaxmat musobaqasi mehmoni bo'lishdi.

 

Kunning ikkinchi yarmida “Maʼrifat” targʻibotchilari ham tuman yoshlari, shuningdek tumanda istiqomat qiluvchi ijodkorlar ishtirokida “Uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi. Unda xalq sevgan ijodkor, mahoratli aktrisa Hakima Otaxonova sahna asari namoyish etib, qoraqalpoq yoshlarining bilimga chanqoq ekanligini taʼkidladi.

 

“Xalqning urf-odatlari, so'zlashish madaniyati va o'ziga bo'lgan ishonchi meni hayratlantirdi. Hayrat bilan birgalikda quvonchni ham hisini ham tuydim. Boisi bu ularning bilimli ekanligidan dalolatdir. Axir bilimsiz inson hech bir sohada o'z o'rnini topa olmaydi va o’ziga nisbatan ishonchi shakllanmaydi. Bu kabi insonlar o’z tarixi hamda an’analarini bu qadar qadrlamaydi”, deydi san’atkor.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//