Jamiyat
3-iyun kuni soat 12:30 atrofida Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida maktab o‘quvchisi kanalga cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.
Shaharning “Ishchilar” mahallasida yashovchi 16 yoshli I.M. Jo‘n kanaliga cho‘milish uchun borgan. Suvga tushgan paytda kanaldagi suv oqimi kuchliligi tufayli va yigit o‘zini o‘nglay olmagani sababli kanaldan chiqa olmay, oqib ketgan.
Holat yuzasidan soat 13:10 da viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Boshqarma tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlariga 3 nafar g‘avvos-qutqaruvchi jalb qilingan. Uning jasadi 4-iyun kuni soat 10:00 atrofida suv tubidan topilgan.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112438
Jamiyat
95099
Jamiyat
91322
Jamiyat
76016
Jamiyat
//
Izoh yo‘q