Prezident maktablariga oʻqishga topshirish tartibi qanday?

Saqlash
15:50 / 05.06.2023 1237 0

Prezident maktablariga qobiliyatli va iqtidorli, baholar tabeli asosida tegishli STEAM fanlari (matematika, biologiya (tabiatshunoslik), informatika va axborot texnologiyalari, fizika, algebra, geometriya, kimyo boʻyicha aʼlo bahoga oʻqigan bolalar tanlov asosida qabul qilinadi.

 

Oʻquvchilarni qabul qilish xorijiy tashkilot bilan birgalikda oʻtkaziladigan kirish imtihonlari natijalari asosida amalga oshiriladi. Belgilangan kvotaga asosan kirish imtihonlari natijalari boʻyicha eng yuqori ball olgan oʻquvchilar oʻqishga qabul qilinadilar.

 

Hujjatlar faqat nomzod oʻqiyotgan umumtaʼlim muassasasi joylashgan hududdagi Prezident maktabiga topshiriladi.

 

Oʻquvchining ota-onasi (qonuniy vakillari) Qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

 

maxsus shakldagi maʼlumotnoma (maʼlumotnoma namunasini quyidagi havola orqali olish mumkin);
talabgorning tugʻilganlik haqida guvohnoma nusxasi;

 

oʻquv yili natijasiga koʻra, talabgorning baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi.

 

Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda oʻtkaziladi:

 

1-bosqich — matematika fanidan 30 ta topshiriqdan iborat test shaklida oʻtkaziladi. Belgilangan vazifani bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi, birinchi bosqich natijasiga koʻra qabul kvotasida belgilangan har bir oʻringa 20 kishi hisobidan maksimal talabgorlar 2-bosqichda ishtirok etishga ruxsat etiladi;

 

2-bosqich — axborotni tahlil qilish va solishtirish qobiliyatini aniqlash boʻyicha — 16 ta masala;
mantiq elementlari boʻlgan matematika fanidan — 24 ta masala;

 

ingliz tilidan — 55 ta test.

 

2-bosqich kirish imtihonlari uchun jami 150 daqiqa vaqt ajratiladi.


Avvalroq Prezident maktablariga 2023/2024-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirilishi haqida xabar berilgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//