2023-yilgi test sinovlari vaqti o‘zgaradi

Saqlash
10:06 / 05.06.2023 852 0

2023-2024-o‘quv yili uchun Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari vaqti o‘zgardi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

 

Qayd etish mumkin, avvalgi yillarda imtihonlar stadion va xiyobonlarda o‘tkazilgani sababli 1-smena soat 07:00 dan 10:00 gacha, 2-smena esa 19:00 dan 22:00 gacha o‘tkazilgan edi. Chunki boshqa vaqtda havo harorati issiq bo‘ladi.

 

3 yillik tanaffusdan so‘ng test sinovlari yana yopiq binolarda o‘tkazilayotganligi sababli, endilikda vaqtli va kech imtihon o‘tkazishga ehtiyoj yo‘q. Shu sababli, xuddi 2018-2019-yillarda bo‘lgani kabi test sinovlarida 1-smena soat 08:00 dan, 2-smena esa 15:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish