Bugun havo harorati 41 darajagacha isiydi

Saqlash
10:06 / 05.06.2023 721 0

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, bugun, 5-iyun kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 35-40, shimolda va cho‘l hududlarda esa 41 darajagacha bo‘ladi.

 

Shuningdek, poytaxt Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 35-37 daraja issiq bo‘ladi.

 

Tog‘li hududlarda esa kunning ikkinchi yarmida Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28 daraja bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish