Siyosat
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad al-Soniy 5—6-iyun kunlari davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, oliy martabali mehmon tashrifining asosiy tadbirlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi. Boʻlajak oliy darajadagi muzokaralarda Oʻzbekiston va Qatar oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqiladi. Bunda eng avvalo, faol siyosiy muloqotlar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish, energetika, gaz-kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi, infratuzilma, logistika, turizm va boshqa tarmoqlarda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish eʼtibor markazida boʻladi.
Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalarini ham muhokama qiladi. Uchrashuv yakunida salmoqli hukumatlararo va idoralararo hujjatlar toʻplami imzolanishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, Qatar amirining Oʻzbekistonga tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi diplomatik munosabatlarning 25 yildan ziyod tarixida birinchisi boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q