O'zbek va qoraqalpoq bir xalq, bir millat - Baxtiyor Husanov

Saqlash
19:37 / 03.06.2023 1925 0

Qoraqalpog'iston Respublikasi Mo'ynoq tumanida 30-iyun  - “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida tadbir bo'lib o'tmoqda.

 

 

Unda "Ma'rifat targ'ibotchilari" jamiyati rahbari Baxtiyor Husanov, elimiz suygan shoira Zulfiya Mo'minova, taniqli san'atkorlar ishtirok etmoqda. Tadbirni Baxtiyor Husanov ochib berdi. 

 

 

"2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida va mamlakatimizda yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

 

Xususan, so‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida xam "Madaniyat uy"lari qurilmoqda, yangi kutubxonalar ish boshlayapti. Bu kabi ishlar bejizga amalga oshirilmayapti. 

 

Zero, bu islohotlar zamirida mamlakatimizda Uchinchi Renesans poydevorini yaratishda adabiyot, san’at, ma’naviyat va ma’rifat sohalarining mavqeyini yanada oshirish maqsad qilib qo'yilgan. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida uzoq gapirish mumkin. Men ayni damda bir narsani aytishim mumkin, o'zbekistonlik va qoraqalpog'istonliklar bir xalq va bir millat", dedi u. 

 

 

Shundan so'ng Baxtiyor Husanov farzand tarbiyasida ota-onalar mas’uliyati oshirish masalasiga to'xtalib o'tdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//