O‘zbekistonda dam olish kunlari ham issiq havo saqlanib qoladi

Saqlash
21:23 / 02.06.2023 1670 0

O‘zbekiston hududi bo‘yicha hafta davomida kuzatilgan quruq va o‘rtacha issiq ob-havo dam olish kunlarida ham saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

 

Ma’lum qilinishicha, 3—4-iyun kunlari respublikaning barcha hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

Havo harorati 34-39 daraja atrofida bo‘ladi. Bunday harorat iyun oyining boshidagi me’yoriy qiymatlardan 2-4 darajaga yuqoridir. Ammo O‘zbekistonning meteorologik kuzatuvlari yilnomasida ayrim yillar borki, ushbu yillarda havo harorati iyun oyining eng boshida 38-40 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 41-43 darajagacha ko‘tarilgan.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Farg‘ona vodiysi bilan chegaradosh ayrim tog‘li hududlarda bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//