Ayrim talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati 10-iyungacha uzaytirildi

Saqlash
21:13 / 02.06.2023 1774 0

Ayrim toifadagi talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 10-iyun (shu kuni ham) etib belgilandi.

 

Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:

 

– to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);

– o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);

– qayta tiklangan talabalar uchun.

 

Kollej va texnikumlarga o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich o‘quvchilari) uchun ham muddat 10 iyunga qadar uzaytirildi (2023 yil 15 martdan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadi).

 

Yuqori bosqich (2- va undan yuqori kurs) talabalari uchun kontrakt to‘lash muddatini uzaytirish OTM rektor (direktor)larining vakolatiga berilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//