Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi deb qayta nomlanadi

Saqlash
17:33 / 02.06.2023 1789 0

Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi deb qayta nomlanadi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.

 

Farmonga koʻra, vazirlikda alohida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tashkil etildi.

 

2023-yil 1-dekabrgacha tumanlarda (shaharlarda) atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashgan kichik stansiyalar oʻrnatiladi.

 

2024-yildan, jumladan, quyidagilar uchun har yili 500 milliard soʻm ajratiladi:

 

“yashil belbogʻ”, “yashil bogʻ” va “yashil jamoat park”lar hamda “yashil qoplamalar” – himoya oʻrmonzorlarini barpo etish va doimiy foydalanuvchiga topshirilgunga qadar saqlab turish;

 

asosiy temir yoʻl va magistral avtoyoʻllar boʻyida daraxt koʻchatlarini ekish;

 

har bir tuman va shaharda 5 gektardan kam boʻlmagan maydonlarda bogʻlar barpo etish.

 

Shuningdek, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga masʼul boʻlgan bosh prokuror oʻrinbosari lavozimi kiritiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//