Keyingi haftada harorat 42 darajagacha koʻtariladi

Saqlash
17:20 / 02.06.2023 1663 0

Oʻzbekistonga 5–8-iyun kunlari Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi. Bu haqda “Oʻzgidromet” direktori xabar berdi.

 

Buning hisobiga harorat 42 darajagacha koʻtarilishi kutilayotgani taʼkidlandi. Jumladan:

 

5–6-iyunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida 40–41 darajagacha;
6–8-iyunda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 40–42 darajagacha;
5–8-iyunda Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 38–40 darajagacha;
7–8-iyunda Fargʻona vodiysi viloyatlarida 36–39 darajagacha koʻtariladi.

 

7–8-iyun kunlari shimolda, janubda va choʻl hududlarida baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//