Jamiyat
Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasining bayoni bilan test sinovi oʻtkaziladigan binolar roʻyxati tasdiqlandi.
Bilim va malakalarni baholash agentligining xabar berishicha, 2023—2024 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish boʻyicha test sinovlari katta sigʻimli binolarda oʻtkaziladi.
Bunda test sinovlarini oʻtkazish uchun 92 ta bino tanlab olingan boʻlib, bir smenada 44 ming nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi mumkin boʻladi.
Binolar Bilimni baholash agentligi tomonidan mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tanlab olingan.
“Agentlikka mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda test sinovlari oʻtkaziladigan binolar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilgan boʻlib, binolar roʻyxatida oʻzgarishlar boʻlishi mumkin”, — deyiladi agentlik xabarida.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q