Qashqadaryodagi XIV asr yodgorligi bo‘lgan tashlandiq masjid restavratsiya qilinishi aytildi

Saqlash
15:04 / 01.06.2023 1110 0

Qashqadaryoning Kasbi tumanidagi Sulton Mir Haydar ota kompleksiga tegishli Namozgoh (masjid) nurab borayotgani, uni asrab qolish uchun hech qanday chora ko‘rilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Madaniy meros agentligi Axborot xizmati ushbu holatga munosabat bildirib, qadimiy bino 2023-yilgi restavratsiya rejasiga kiritilganini ma’lum qildi.

 

Bayon etilishicha, Madaniy meros agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan mazkur obyektda o‘rganish ishlari olib borilgan. 

 

“Hozirda dastlabki loyiha hujjatlari shakllantirilib, restavratsiya jarayonini amalga oshirish uchun ekspertiza xulosalari tayyorlanmoqda”, deyiladi agentlik bergan izohda.

 

 

Ma’lumot uchun, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani “Mug‘lon” qishlog‘i hududida joylashgan Namozgoh XIV asr yodgorligi hisoblanadi. Ushbu inshoot O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 846-son qarori bilan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatiga arxitektura yodgorligi sifatida kiritilgan bo‘lib, davlat muhofazasiga olingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//