Jamiyat
O‘zbekistonlik 11 nafar hunarmandchilik ustalari ilk bor dunyodagi mashhur Homo Faber ma’lumotlar bazasiga kiritildi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bu nafaqat butun Markaziy Osiyo uchun salmoqli voqea, balki nufuzli xalqaro tashkilot – Mikelanjelo ijodkorlik va hunarmandlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan o‘zbek hunarmandchiligining e’tirofi hamdir.
Ushbu erishilgan yutuqni nishonlash va an’anaviy hunarmandchilik sohasida xalqaro madaniy almashinuvni yanada rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida Buxoroda 30–31-may kunlari bahs-munozaralar, mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar kabi maxsus tadbirlar o‘tkazildi.
30-may kuni madaniy tadbirlar dasturi Homo Faber Guide’ning “O‘zbekistonga oid bobi” taqdimoti bilan ochildi. Uni Mikelanjelo jamg‘armasining ijrochi direktori Alberto Kavalli va Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining ijrochi direktori Gayane Umerova olib bordi. “Hunarmandlik kuchi” nomli sho‘ba yig‘ilishida taniqli dizayner va hunarmandlar Nada Debs (Livan) va Ahmad Angaviy (Saudiya Arabistoni) ham ishtirok etdi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q